Brandy “Shon-shuhrat xiyoboni”da yulduzga ega bo‘ldi

Share post:

47 yoshli “Gremmi” mukofoti sovrindori hamda “Sinderella” yulduzi 30-mart kuni “Shon-shuhrat xiyoboni”dagi 2839-yulduz bilan taqdirlandi. Marosimda Issa Rey va Kennet uning san’atdagi o‘rnini alohida e’tirof etdi.

Brandy o‘z nutqida bolaligidan “Shon-shuhrat xiyoboni”dagi yulduzlarni ko‘rib ilhomlanganini eslab, bu orzusiga erishganini hayajon bilan aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, u faqat yodda qolishni emas, balki nomini tarixga muhrlashni istagan.

San’atkor faoliyati davomida “The Boy Is Mine” va “Have You Ever?” kabi xit qo‘shiqlari bilan Billboard chartlarida yetakchilik qilgan. U shuningdek, 1997-yildagi “Sinderella” filmida bosh rolni ijro etgan ilk qora tanli aktrisa sifatida tarixga kirgan hamda 1996–2001-yillarda efirga uzatilgan “Moesha” serialidagi obrazi bilan keng shuhrat qozongan.

Issa Rey Brandy’ni yangi avlod uchun yo‘l ochgan ijodkor sifatida ta’riflab, “Moesha” seriali o‘z davrida katta ahamiyatga ega bo‘lganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu loyiha ko‘plab yoshlar, jumladan uning o‘zi uchun ham ilhom manbai bo‘lgan.

Kennet esa Brandy’ning ovozini o‘z davrining eng kuchli va betakror ovozlaridan biri deb baholadi.

Brandy yaqin kunlarda o‘zining “Phases” (“Bosqichlar”) nomli xotiralar kitobini ham taqdim etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...