Robert Pattinson “Betman 2” ustida ishlashni tez orada boshlaydi

Share post:

Aktyor fransuz teleko‘rsatuvi “C à vous”ga bergan intervyusida “Betman 2” suratga olish ishlari yaqin kunlarda boshlanishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yangi “Drama!” filmi uchun press-tur yakunlanishi bilanoq, ya’ni taxminan bir hafta ichida “Betman” loyihasiga qaytadi.

“Men ishni yana boshlashdan juda xursandman. Taxminan bir haftadan keyin press-turni tugatamiz va darhol ‘Betmen’ ustida ishlashni boshlayman. Yangi ssenariy juda, juda zo‘r,” — dedi Pattinson.

Bu ma’lumot Warner Bros. Discovery rejalariga ham mos keladi. Kompaniya avvalroq film suratga olish ishlari 2026-yil bahorida boshlanishini, premyera esa 2027-yil oktabriga rejalashtirilganini ma’lum qilgan.

Avvalroq loyihada Sebastian Stan va Skarlett Yohansson ishtirok etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ikkalasi ham Marvel Cinematic Universe yulduzlari hisoblanadi, biroq ularning DC olamiga qo‘shilishi hozircha aniq emas.

“Betman” filmining birinchi qismi 2022-yilda namoyish etilgan va pandemiyadan keyingi davrda Warner Bros. uchun ilk yirik blokbaster bo‘lgan. Film jahon prokatida 772 million dollar daromad keltirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Brandy “Shon-shuhrat xiyoboni”da yulduzga ega bo‘ldi

47 yoshli “Gremmi” mukofoti sovrindori hamda “Sinderella” yulduzi 30-mart kuni “Shon-shuhrat xiyoboni”dagi 2839-yulduz bilan taqdirlandi. Marosimda Issa Rey...

Arnold Shvartsenegger Olster universitetida faxriy doktorlik darajasini oldi

Gollivud aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger Shimoliy Irlandiyadagi Olster universiteti tomonidan faxriy doktorlik unvoni bilan...

Britni hayotidagi ko‘ngilsizlik uni o‘g‘illari bilan birlashtirdi

Britni Spirs mast holda mashina haydagani uchun javobgarlikka tortilganidan so‘ng o‘g‘illari bilan yana birlashdi. 44 yoshli xonanda yaxtada ikki...

Robert De Niro namoyish Donald Trampni keskin tanqid qildi

Gollivud afsonasi Robert De Niro mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan “No Kings” norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatladi va AQSh prezidenti Donald Trampni...