Arnold Shvartsenegger Olster universitetida faxriy doktorlik darajasini oldi

Share post:

Gollivud aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger Shimoliy Irlandiyadagi Olster universiteti tomonidan faxriy doktorlik unvoni bilan taqdirlandi.

Marosim universitetning Belfast kampusida bo‘lib o‘tdi. Faxriy daraja unga jamiyatga qo‘shgan hissasi, atrof-muhitni himoya qilish va san’atdagi xizmatlari uchun topshirildi. Shvartsenegger bunday e’tirof har doim yoqimli ekanini, ayniqsa bajarilgan ishlar uchun berilganda yanada qadrli ekanini ta’kidladi.

“Bu men uchun juda muhim, chunki rektor aytganidek, men 60 yil oldin ilk bor Belfastga kelganman — o‘ylab ko‘ring, bundan 60 yil oldin. Bu yerda o‘tirganlarning ko‘pchiligi o‘sha paytda hali tug‘ilmagan ham edi. Men uchun bu haqiqiy yubiley — 60 yil o‘tib yana bu yerga qaytish. Va men o‘shanda aytgandim: I’ll be back”, — dedi Kaliforniyaning sobiq gubernatori.

Talabalar Gollivud yulduzini qarsaklar va “U qaytdi” hamda “Hasta la vista” kabi “Terminator” filmidagi mashhur iboralarni eslatuvchi plakatlar bilan kutib olishdi.

Bu Shvartseneggerning Shimoliy Irlandiyaga 60 yil ichidagi ilk tashrifi bo‘ldi. U 1966-yilda bodibilding tadbiri uchun kelgan va aynan o‘sha safarda ilk bor omma oldida nutq so‘zlaganini aytgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...