Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Share post:

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan egalladi.

Nashr jurnalistlari Nolanni “obroʻ-e’tibor, ommaviy mashhurlik, intellektual mahorat va global ta’sirni oʻzida mujassam etgan kinoijodkor” sifatida ta’riflagan. Reytingda ikkinchi oʻrin “Gunohkorlar” filmi rejissyori Rayan Kuglerga nasib etdi. Vulture uni bugungi Amerika kino sanoatidagi eng talabgir mualliflardan biri sifatida e’tirof etgan. Uchinchi oʻrinni esa “Dyuna” filmlari rejissyori Deni Vilnyov egalladi.

Nashr qayd etishicha, zamonaviy kino sanoatida ta’sir faqat katta byudjetli blokbasterlar yaratuvchilari bilan cheklanmaydi. Mualliflik kinosi va festival filmlari rejissyorlari ham soha rivojiga sezilarli hissa qoʻshmoqda. Shu bois Pol Tomas Anderson kuchli oʻntalikdan joy oldi.

Shuningdek, Greta Gervig eng nufuzli oʻnta rejissyor orasidagi yagona ayol boʻldi. U reytingda toʻrtinchi oʻrinni egallab, Kventin Tarantino, Jeyms Kemeron, Stiven Spilberg, Martin Skorseze va Jordan Pil kabi mashhur kinoijodkorlarni ortda qoldirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...