Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Share post:

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum qildi.
Rejissyor Jimmi Fellonning The Tonight Show Starring ko‘rsatuvida bergan intervyusida turli janrlarda ishlashni yoqtirishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu qiziqish uni ilmiy-fantastik filmlardan keyin tarixiy epik film “Odisseya”ni suratga olishga undagan. Biroq, Nolan romantik komediyani kinodagi eng murakkab janrlardan biri deb hisoblaydi.
Uning aytishicha, tomoshabin sifatida bunday filmlarni yaxshi ko‘rsa-da, rejissyor sifatida odamlarni kuldira olish mas’uliyati uni qo‘rqitadi. Dramada yoki murakkab filmlarda “siz filmni tushunmadingiz” deyish mumkin, ammo komediyada bunday yo‘l yo‘q, shu bois romantik komediya suratga olishni rejissyor murakkab deb hisoblaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...

MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi

Dunyoga mashhur amerikalik YouTube blogeri MrBeast — Jimmi Donaldson O‘zbekistonga keladi. U O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi...