Beyonsening onasi Tina Noulz saraton kasalligi bilan kurashganini ma’lum qildi

Share post:

Beyonsening onasi Tina Noulz yaqinda kameralar qarshisida bergan samimiy intervyusida saraton kasalligi bilan kurashganini oshkor qildi.

71 yoshli Tina Noulz yaqinda ko‘krak bezi saratonining 1-bosqichi aniqlanganini aytdi. Shifokorlar mamografiya tekshiruv paytida ko‘kragida ikkita o‘simta borligini aniqlashgan.

Mashhur moda dizayneri va Beyonse hamda Solanjning onasi bo‘lgan Tina, sobiq turmush o‘rtog‘i Metyu Noulz bilan kechirgan hayoti davomida qizlari uning eng og‘ir paytlarida ruhiy tayanchi bo‘lganini aytdi.

“Men qo‘rqib turgandim,” – dedi u CBS Mornings ko‘rsatuvida Gayl Kingga. “ Ular meni bu holatimda ham kuldirishga harakat qilishdi” deydi.

Tinaning aytishicha, Solanj uni xursand qilish uchun internetda mashhur bo‘lgan “demure” so‘ziga oid kulgili videolarni qo‘yib bergan.

Shuningdek, Solanj va jiyani Enji Beyonse unga operatsiyalardan biri oldidan “Walk With Me” (Men bilan yur) qo‘shig‘ini kuylab berishgan.
Bu qo‘shiq haqida Tina shunday dedi: “U Xudoning seni biror narsaga boshlayotgani va seni himoya qilayotgani haqida. Men operatsiyaga ketayotganimda aynan shunday tuyg‘ularni his qildim — Xudo men bilan” degan.

Tina Noulz hozirda saraton kasalligidan qutilgan bo‘lishiga qaramasdan bu davrda qiyin sinovlarga duch kelganini ham yashirmadi.

U CBS Mornings’ga bergan intervyusida aytishicha, operatsiyadan keyin infeksiya yuqtirib olgan, hattoki shu sabab Glamour jurnalining 2024-yil “Yil ayoli” mukofoti marosimiga bormaslik haqida ham o‘ylagan.

Beyonse unga dam olishni maslahat bergan bo‘lishiga qaramasdan Tina marosimga borishga qat’iy qaror qilgan:
“Ko‘p yillar davomida men e’tibor markazida bo‘lishni xohlamas edim. Hech qachon mukofotni qabul qilmasdim. Bu safar esa o‘zimga dedim: ‘Men bunga loyiqman.”

Tina shuningdek, agar u mamografiyani kechiktirmaganida, saraton kasalligini ancha avval aniqlash mumkin ekanligini ham aytib o‘tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...