Gvinet Peltrou o‘ta qattiq dietadan voz kechdi – “Men bundan charchadim”

Share post:

Gvinet Peltrou yillar davomida sog‘lom ovqatlanishga haddan ortiq berilib ketganidan so‘ng, nihoyat qat’iy dietadan voz kechayotganini ma’lum qildi. U non, pishloq va makaron mahsulotlarini uzoq vaqt davomida o‘zidan cheklab kelgan.

52 yoshli aktrisa va hozirda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha mutaxassis sifatida tanilgan Peltrou 2008-yilda o‘zining “GOOP” nomli sog‘lom turmush tarzi kompaniyasiga asos solgan edi. Endilikda u “bu tosh davridagi dietasidan charchadim” deb tan oldi.

So‘nggi yillarda Gvinetning kundalik ovqatlanishi ertalab faqat qahva, tushlikda ilik sho‘rva va kechki ovqatga sabzavotlardan iborat bo‘lgan.

Paleodieta – zamonaviy ovqatlarni butunlay chiqarib tashlab, qadimgi ajdodlarimiz iste’mol qilgan mahsulotlarni iste’mol qilishdir.

Bu dieta go‘sht, sabzavot, yong‘oq va oz miqdorda mevalarni tashkil qiladi, lekin don mahsulotlari, dukkaklilar, sut mahsulotlari, tuz, oq shakar va qayta ishlangan yog‘larni butunlay cheklaydi.

Ushbu dietani tutganlar vazn yo‘qotish, ishtahaning kamayishi va ko‘proq energiyaga ega bo‘lish kabi foydalarni his qilishganini aytishadi. Ammo uning haqiqiy ta’siri bo‘yicha hali yetarlicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...