Kim Kardashyanning jamoasi Kanyening o‘g‘li haqidagi da’vosini inkor etdi

Share post:

Kim Kardashyan sobiq turmush o‘rtog‘i Kanye Uestning “bu yil o‘g‘lim Sentni ko‘rmadim” degan hayratlanarli da’vosiga javob qaytardi.


47 yoshli reper Kanye Uest o‘zining X sahifasida bu yil to‘qqiz yoshli o‘g‘li Sentni ko‘rmaganini yozdi. U farzandini sobiq rafiqasi Kim Kardashyan bilan birga tarbiyalaydi. Biroq ular yanvar oyida birga suratga tushishgan — ya’ni bu da’vo haqiqatga zid.

Uest postida shunday yozdi: “BU YIL SENTNI KO‘RGANIM YO‘Q”. Bu post muxlislar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar Kimni ayblasa, boshqalar Kanyedan o‘g‘lini uzoqda tutgani uchun maqtashdi.

Kim Kardashyan va Kanye Uestning boshqa farzandlari ham bor: 11 yoshli Nort, 6 yoshli Chikago va 5 yoshli Psalm. Ular 2014-yildan 2022-yilgacha bir oila bo‘lishgan.

Kanye ilgari ham Kimni bolalarini ko‘rishiga yo‘l qo‘ymayotganlikda ayblagan. Biroq DailyMail.com tasdiqlashicha, u o‘tgan haftada Sent, Chikago va Psalm bilan uchrashgan.

Kimga yaqin manba DailyMail.comga shunday dedi:
“Kanye so‘nggi oylarda Los-Anjelesda edi, lekin faqat Nort bilan ko‘rishmoqchi bo‘ldi. Qolgan bolalarini ko‘rishni esa ketishidan bir hafta oldin xohladi. U istagan payt bolalarini ko‘rishi mumkin, hech qanday cheklov yo‘q. Ammo Kim bolalarini asrash maqsadida ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi. U uchun bolalaruni himoya qilish uning eng muhim vazifasi.”

Uest avval ham:
“BOLALARIMNI MENDAN TORTIB OLISHDI VA HAMMA BUNI JIM TOMOSHA QILYAPTI.”
“BOLALARIM BILAN MUNOSABATDA HUQUQLARIMNI QANDAY HIMOYA QILOLISH BO‘YICHA YORDAMGA MUHTOJMAN” deb yozgan.

Yanvar oyida Kanye uzoq — taxminan 118 kunlik ayriliqdan so‘ng bolalari bilan uchrashib suratga tushgan. U so‘nggi olti oyda asosan avstraliyalik rafiqasi, 30 yoshli Byanka Sensori bilan safarlarda bo‘lgan.DailyMail.com eksklyuziv surat va videolarida Kanye Yaponiyaning Tokio shahri, Ginzadagi 7-Eleven do‘konida Sent, Chikago va Psalm bilan birga ko‘ringan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...