Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” boshlandi

Share post:

Belarus Respublikasida 7–8-iyul kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Dastur doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar, kino namoyishlari va konsert tadbirlari tashkil etilgan.


Tadbirlar O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning Belarus madaniyat vaziri Marat Markov bilan uchrashuvidan boshlandi. Unda madaniyat, kino, teatr, muzey, kutubxona, madaniy ta’lim, kreativ industriya hamda raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Minskdagi Belarus IT Parki va A. Glebov nomidagi Minsk davlat amaliy san’at kollejida bo‘lib, madaniyat sohasida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, muzey hamda kutubxonalarni rivojlantirish borasidagi tajriba bilan tanishdi.


Madaniyat kunlari doirasida Minskdagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” ham ochildi. Uning doirasida Belarus tomoshabinlariga o‘zbek filmlari namoyish etilmoqda, shuningdek, kino sohasidagi hamkorlik va yangi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashilmoqda.


Dastur yakunida esa Minskdagi “Respublika” saroyida o‘zbek san’at ustalari ishtirokida gala-konsert va “Yangi O‘zbekiston” foto ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Unda o‘zbek milliy va zamonaviy san’atining sara namunalari Belarus jamoatchiligiga taqdim etiladi.
O‘zbekiston madaniyati kunlari” ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, san’at orqali xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...