“Dunyoning eng go‘zal qizi” turmushga chiqdi

Share post:

Fransuz modeli va aktrisasi, bolaligida “dunyoning eng go‘zal qizi” deya tanilgan Tilan Blondo 29 yoshli musiqachi va DJ Ben Attal bilan turmush qurdi. Juftlikning to‘yi Fransiya poytaxti Parijda romantik muhitda o‘tkazildi.


Tilan va Ben unashtirilgani e’lon qilinganidan uch oy o‘tib rasman nikohdan o‘tdi. Ular odatiy to‘y an’anasini buzib, marosimga kumushrang Porsche 356 Speedster kabrioletida birgalikda yetib kelishgan. Ularning ushbu harakati esa mehmonlarda katta taassurot qoldirgan.
Tilan va Ben 2020-yildan buyon munosabatda bo’lib, ular joriy yilning mart oyida unashtirilganini e’lon qilgan edi. Ben Attal Gretsiyadagi romantik sayohat chog‘ida, Egey dengizi sohilida Tilan Blondoga turmush qurishni taklif qilgan. Model o‘shanda sevgilisi hadya qilgan yirik brilliant ko‘zli uzugini ham muxlislariga namoyish etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tilan Blondo modellik faoliyatini to‘rt yoshida boshlagan. U olti yoshida Vogue Enfants jurnali tomonidan “dunyoning eng go‘zal qizi” deb e’tirof etilgach, xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...