Teylor Sviftning yangi qo‘shig‘i “O‘yinchoqlar tarixi 5” saundtrekidan o‘rin oldi

Share post:

Amerikalik pop yulduz Teylor Svift nihoyat “O‘yinchoqlar tarixi 5” animatsion filmi bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

So‘nggi haftalarda xonandaning muxlislari uning loyiha bilan aloqasi bor-yo‘qligi haqida faol muhokama olib borayotgan edi. Bunga Sviftning rasmiy saytida “O‘yinchoqlar tarixi”  ranglarida paydo bo‘lgan sirli ortga sanash taymeri va Pixar studiyasining TS bosh harflari tushirilgan suratlari sabab bo‘ldi. TS qisqartmasi ham “O‘yinchoqlar tarixi”, ham “Taylor Swift” nomlariga ishora qilishi mumkin edi.

Pixar postlaridan biridagi “U bu harakatlarni shu zahoti o‘ylab topadi!” degan yozuv ham muxlislar e’tiboridan chetda qolmadi. Ko‘pchilik buni Teylor Sviftning 2014-yildagi mashhur “Shake It Off” qo‘shig‘i matniga ishora sifatida qabul qildi.

Endi esa xonanda rasman tasdiqladi: uning yangi original qo‘shig‘i “I Knew It, I Knew You” “O‘yinchoqlar tarixi 5” saundtrek albomidan joy oladi.

“Buni sizlar bilardingiz! Mening yangi original qo‘shig‘im ‘I Knew It, I Knew You’ endi “O‘yinchoqlar tarixi 5” da yangraydi. Men besh yoshimda birinchi qismini tomosha qilganimdan beri ushbu qahramonlar uchun musiqa yozishni orzu qilardim”, — deb yozdi Teylor Svift o‘z blogida.

Xonandaning aytishicha, unga multfilmning dastlabki versiyasini tomosha qilish imkoniyati berilgan va u syujetga darhol oshiq bo‘lgan. Filmni ko‘rgan kunining o‘zidayoq uyga qaytib, yangi qo‘shiqni yozgan.

Yangi “O‘yinchoqlar tarixi 5” filmi 19-iyundan boshlab jahon kinoteatrlarida namoyish etiladi. Bu safar Vudi, Jessi va Bazz Layter sakkiz yoshli Bonni ismli qizchaning sevimli gadjeti — LilyPad planshetiga qarshi kurashishga majbur bo‘ladi. Planshet qizning vaqtini tobora ko‘proq egallab, an’anaviy o‘yinchoqlarga bo‘lgan qiziqishni kamaytiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...