Sabrina Karpenter uni ta’qib qilgan erkakka nisbatan himoya orderini oldi

Share post:

Amerikalik xonanda Sabrina Karpenter o‘zini ta’qib qilayotgan Uilyam Epplgeyt ismli erkakka nisbatan himoya orderi (taqiqlov qarori) chiqarishni so‘radi.

Los-Anjeles sudi xonandaning murojaatini qanoatlantirdi. Karpenterning ma’lum qilishicha, Epplgeyt kamida to‘rt marta uning shaxsiy hayotiga aralashgan. Xususan, 23-may kuni u xonandaning uyi eshigigacha borib, eshikni kuch bilan ochishga uringan. Erkak qo‘riqchilarga go‘yoki Sabrina uni kutayotganini aytgan. Xonanda esa bu gaplarni “mutlaqo yolg‘on va asossiz” deb atadi. Qo‘riqchi uni ichkariga kiritmaganidan so‘ng, Epplgeyt xavfsizlik xodimiga hujum qilgan.

Shundan keyin erkak noqonuniy kirishga urinish gumoni bilan hibsga olingan. Biroq oradan bir kun ham o‘tmay, u yana Karpenter yashaydigan hududda paydo bo‘lib, uy atrofida aylanib yurgan.

Yana bir holatda u mashinasini xonanda uyi yaqiniga qo‘yib, uning harakatlarini kuzatgan. Xavfsizlik xizmati tekshiruvlari Epplgeyt 20-apreldan buyon muntazam ravishda shu hududga kelib, asta-sekin xonandaning uyiga yaqinlashib borganini aniqlagan. May oyining oxirida sudga topshirilgan arizada Sabrina Karpenter ushbu erkak bilan hech qachon uchrashmaganini va muloqot qilmaganini ta’kidladi.

“Bu holat meni chuqur xavotirga solmoqda”, — dedi xonanda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...