O‘zbekistonda xususiy teatrlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Share post:

O‘zbekistonda teatr sohasida xususiy sektorni rivojlantirish va ijodiy raqobat muhitini kuchaytirish bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, xususiy teatrlar va teatr-studiyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali sohada sog‘lom ijodiy muhitni shakllantirish mumkin. Shu munosabat bilan 1-sentabrdan boshlab xususiy teatrlarga keng imkoniyat va imtiyozlar beriladi. Yangi tartibga ko‘ra, xususiy teatr va teatr-studiyalari har yili 50 tagacha sahna asarini yaratish xarajatlari uchun davlat ko‘magini oladi. Shuningdek, davlatga qarashli madaniyat obyektlari ularga bepul foydalanish uchun ajratiladi.

Agar xususiy teatrlar faoliyati uchun binolarni ijaraga olsa, har oy 20 million so‘mgacha ijara xarajatlari budjetdan qoplab beriladi.

Teatrlar uchun yana bir muhim yangilik — spektakl chiptalariga qo‘shimcha davlat gonorari joriy etilishi bo‘ldi. Endi davlat va xususiy teatrlar sotilgan har bir chipta uchun budjetdan qo‘shimcha 10 ming so‘m oladi. Masalan, agar teatr mingta chipta sotsa, unga qo‘shimcha 10 million so‘m ajratiladi. Hududlarda gastrol namoyishlari o‘tkazilganda esa bu miqdor ikki baravar oshirilib, har bir chipta uchun 20 ming so‘mdan to‘lanadi. Uchrashuvda davlat teatrlarini modernizatsiya qilish ishlari ham muhokama qilindi. Xususan, Milliy qo‘g‘irchoq teatri, Muqimiy nomidagi akademik teatr va Yoshlar teatrini zamonaviy qiyofaga olib kirish ishlari boshlanganligi aytildi.

Shu bilan birga, o‘tgan yili Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga moliyaviy va tashkiliy mustaqillik berish tajribasi ijobiy samara bergani qayd etildi. Endi bu amaliyot Muqimiy, Berdaq va Milliy qo‘g‘irchoq teatrlarida ham joriy etiladi.

Mutaxassislar fikricha, xususiy teatrlarning qo‘llab-quvvatlanishi mamlakatda zamonaviy teatr bozorini shakllantirish, yangi ijodiy jamoalar paydo bo‘lishi va tomoshabinlar uchun raqobatbardosh madaniy muhit yaratishga xizmat qilishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...