Taniqli ijodkorlar haqida 5 ta film

Share post:

“Muallifliksiz ish” 2018-yil, Germaniya

Bu filmda bosh qahramonlarning ismlari o‘ylab topilgan.  Ammo hikoya davomida bu film nemis rassomi Gerxard Rixterning tarjimai holiga asoslanganligini bilin olish mumkin. 88 yoshli rassom filmni qadrlamasada, shunga qaramay, natsizm fonidagi hayot, sevgi va ijodkorlik, g‘arbiy zamonaviy san’at haqiqatlari bilan to‘qnashuv orqali go‘zal kadrlar yaralgan.

“Gogen. Jannatni izlash” 2017-yil, Fransiya

Vensan Kassel tomonidan ijro etilgan taniqli fransuz rassomi haqida tasviriy film biografiyasi. Syujet Gogen Parij hayotidan Taitiga jo‘nab ketgan davrni tasvirlaydi. U yerda u mahalliy qiz —Tehura bilan uchrashadi. Keyinchalik u rassomning hozirgi kunda mashhur bo‘lgan ko‘plab rasmlarining qahramoni bo‘ladi.

“Daholar: Pikasso” 2018-yil, AQSh

O‘n seriya davomida tomoshabinga afsonaviy ispaniyalik rassomning boy hayotidagi barcha asosiy voqealarni — san’at maktabiga kirish va yoshlikdan o‘limgacha ko‘rsatib berilgan. 

“Gunoh” 2019-yil, Rossiya, Italiya

2019-yilda rejissyor Andrey Konchalovskiy tomonidan suratga olingan, italiyalik mashhur haykaltarosh va rassom Mikelanjeloning  hayotiga bag‘ishlangan rus-italyan epik badiiy filmi.

“So‘nggi portret” 2017-yil, Buyuk Britaniya, AQSh

1964-yilda, o‘limidan ikki yil oldin, taniqli haykaltarosh Alberto Jakometti (Jeffri Rush) do‘sti, yosh va mashhur amerikalik tanqidchi Jeyms Lordning portreti ustida ishlashni boshlaydi. Film deyarli hech qanday syujetga ega emasdek tuyulishi mumkin, ammo Parijning yangi atmosferasi, hayot, san’at va rasm haqidagi yorqin suhbatlar sizni “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan filmni oxirigacha tomosha qilishga majbur qiladi.



Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...