Sud Aleksandra Mitroshinaga hukm chiqardi

Share post:

Sud bloger Aleksandra Mitroshinani 3 yil muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish hamda 900 ming rubl jarima to‘lashga hukm qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Shuningdek, Mitroshinaga nisbatan qo‘llanilgan uy qamog‘i chorasi bekor qilindi. Sud qaroriga ko‘ra, qiymati 115 million rubldan ortiq bo‘lgan mol-mulk davlat foydasiga musodara qilinadi. Bloger aybini qisman tan olmoqda. U avvalroq jinoiy ish qo‘zg‘atilishidan oldin soliq bo‘yicha qarzdorligini to‘liq qoplaganini ma’lum qilgan edi.

“Men Rossiya Federatsiyasi oldidagi qarzdorligimni bahslashmasdan va bo‘yin tovlamasdan to‘lab berdim. Ammo ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Federatsiyasi qonuni menga tatbiq etilmas ekan”, — degan edi Mitroshina Super nashriga bergan intervyusida. Shu bilan birga, u Moskvadagi kvartirani sotib olishga sarflangan mablag‘larning bir qismi soliqlarni to‘lamaslik hisobiga tejab qolingan pullardan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Mitroshina 7-mart kuni Sochi shahrida qo‘lga olingan edi. Bir necha kundan so‘ng u sudga olib kelindi. Sud majlisidan keyin Tergov qo‘mitasi blogerni uy qamog‘iga joylashtirgan va unga telefon hamda boshqa aloqa vositalaridan foydalanishni taqiqlagan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bloger 127 million rubldan ortiq mablag‘ni legallashtirishda ayblanmoqda. Aytilishicha, ushbu pullar soliqlardan bo‘yin tovlagan holda olingan, keyinchalik esa ularning bir qismi Moskvadagi ko‘chmas mulk xaridiga yo‘naltirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...