Burak O‘zchivit yangi mojaro markazida: aktyor hamkasbining rolini tortib oldimi?

Share post:

Turkiyaning yangi mavsumdagi eng kutilayotgan loyihalaridan biri — “Quyosh chiqadigan joy”. Hali suratga olish ishlari boshlanmasdan turib serial muhokamalar markazidan joy oldi. Bunga bosh rol ijrochisining kutilmaganda almashgani sabab bo‘ldi.

Dastlab serialning bosh qahramoni roliga Ug‘ur Gunesh tasdiqlangan edi. Biroq keyinchalik aktyor loyiha tarkibini tark etdi va uning o‘rnini Burak O‘zchivit egalladi. Jurnalist Birsen Altuntashning yozishicha, Burak O‘zchivit ssenariy bilan tanishganidan so‘ng aynan ushbu rolni ijro etish istagini bildirgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, shundan keyin Ug‘ur Gunesh loyiha tarkibidan chiqarilgan.

Hozircha mojaro yuzasidan serial ijodkorlari ham, Burak O‘zchivit ham rasmiy izoh bermagan. Shunga qaramay, Ug‘ur Gunesh ijtimoiy tarmoqlarda birovning haqqi va adolat haqida kinoyali postlar joylashtirdi.

Aktyor hech kimning nomini tilga olmagan bo‘lsa-da, muxlislar bu xabarlarni Burak O‘zchivitga ishora sifatida qabul qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...