Sharon Osbournning qizi noodatiy ko‘rinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi

Share post:

Sharon Osbournning kamdan-kam ko‘rinish beradigan qizi Eymi yangi qiyofasi bilan tanilmas holga keldi

Yakshanba kuni Eymi  Manchester ko‘chalarida paydo bo‘lib, mutlaqo tanib bo‘lmas qiyofada ko‘rinish berdi.

41 yoshli Eymi — Ozzi va Sheron Osbournning to‘ng‘ich qizi Buyuk Britaniyada gastrol safarini o‘tkazayotgan  “Brigitte Calls Me Baby” guruhi a’zosi Ues Livins bilan mehmonxonadan chiqayotganda juda ham ozgin holatda o‘zini namoyon qildi.

72 yoshli Sharon Osbourn esa yaqinda qizi bilan Los-Anjelesda suratga tushgan edi. U bundan avval tanasidagi keskin o‘zgarishlar sababli bo‘lgan shov-shuvlardan keyin qandli diabetga qarshi mo‘ljallangan “Ozempic” dori vositasini ishlatganini ochiq e’lon qilgan mashhurlar qatorida edi.

Sharon dastlab 2022-yil dekabr oyida ushbu dorini qabul qila boshlaganida natijadan mamnun edi. Lekin keyinchalik uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tan olgan. U o‘tgan yili noyabr oyida bu dori vositasini “ancha vaqtdan beri ishlatmayotganini” aytgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...