Robert Pattinson — “Odisseya” ssenariysini o‘qishni so‘ragan yagona aktyor

Share post:

Robert Pattinson rejissyor Christopher Nolanning yangi filmi — “Odisseya” loyihasiga qo‘shilishdan oldin ssenariyni o‘qishni so‘ragan yagona aktyor bo‘lgan. Bu haqda u GQ nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Pattinsonning so‘zlariga ko‘ra, Nolan unga qo‘ng‘iroq qilib, filmda rol o‘ynashni taklif qilgan. Aktyor esa: “Ha, albatta. Ssenariyni o‘qishni sabrsizlik bilan kutyapman”, deb javob bergan. Shunda rejissyor kulib: “Ssenariyni o‘qimoqchimisan? Qolganlarning hammasi hech qanday savolsiz rozi bo‘ldi”, degan.

Filmda Pattinson Gomerning mashhur poemasidagi asosiy antagonistlardan biri — Antinoy obrazini gavdalantiradi. Odissey uzoq safarlarda yurgan paytda Antinoy uning rafiqasi Penelopaga uylanishni istaydi va qirolning o‘g‘li Telemaxni o‘ldirish rejasini tuzadi.

“Odisseya” Kristofer Nolanning 13-to‘liq metrajli filmi bo‘ladi. Rejissyor qadimgi yunon poemasiga asoslangan ssenariyni shaxsan yozgan va loyihani rafiqasi, prodyuser Emma Tomas bilan birgalikda ishlab chiqargan. Film tarixdagi to‘liq IMAX kameralarida suratga olingan ilk badiiy film bo‘lishi kutilmoqda. Kartinada Pattinsondan tashqari Mett Deymon, Tom Holland, Zendaya, Enn Xeteuey, Lupita Nyongo, Charliz Teron, Benni Safdi hamda Jon Berntal ham rol ijro etadi.

Film suratga olish ishlari fevraldan avgustgacha davom etgan. Ijodiy guruh Marokash, Gretsiya, Italiya, Malta, Shotlandiya va Ispaniyada ishlagan, suratga olish jarayoni esa Los-Anjelesda yakunlangan. Loyihaning katta qismi ochiq dengizda tasvirga olingan. Nolan buning sababini shunday izohladi:

“Biz Odissey kemasi jamoasini ijro etgan aktyorlarni haqiqiy dengiz to‘lqinlari va real manzillarga olib chiqdik. Dengiz cheksiz, qo‘rqinchli, go‘zal va ayni paytda mehribon. Biz qadimiy sayohatlar qanchalik og‘ir bo‘lganini va insonlar xaritada yo‘q dunyoga qanday jasorat bilan yo‘l olganini ko‘rsatishni xohladik”.

Eslatib o‘tamiz, Nolanning avvalgi filmi — “Oppengeymer” jahon prokatida 958,8 million dollar yig‘gan, 13 ta “Oskar” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan va ulardan 7 tasida, jumladan “Eng yaxshi film” hamda “Eng yaxshi rejissyor” yo‘nalishlarida g‘olib chiqqan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...