Robert Pattinson va Suki Uoterhaus uzoq vaqtdan so‘ng birga ko‘rinish berdi

Share post:

Robert Pattinson va Suki Uoterhaus uzoq vaqtdan keyin jamoat oldida birinchi marta paydo bo‘ldi. Juftlik “Oskar” marosimidan keyingi “Vanity Fair after-party” tadbirida qizil gilamda birga yurdi va fotograflarning e’tiborini tortdi.

Suki Uoterhaus tadbir uchun atlas matodan tikilgan, yarim shaffof shleyfli ko‘ylakni tanladi. Libosning eng diqqatga sazovor detali dekoltesini nozik qoplagan oltin rangdagi to‘r qushlari edi. Robert Pattinson esa klassik qora ipak smokin, oq ko‘ylak va mayda brosh bilan paydo bo‘ldi. Ularning uslubi bir-birini mukammal to‘ldirdi.

Juftlik 2018-yildan beri birga va kamdan-kam jamoat tadbirlarida paydo bo‘ladi. 2024-yil mart oyida ular qiz farzand ko‘rgan, ammo uning ismini oshkor qilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...