“Oskar” taqdirlash marosimidagi eng chiroyli obrazlar

Share post:

Har yili o‘tkaziladigan “Oskar” mukofoti kino yutuqlari, balki moda olamining ham eng muhim voqealaridan biri hisoblanadi. 98-marotaba tashkil etilgan marosim qizil gilamida ko‘plab yulduzlar o‘zining yorqin va esda qoladigan obrazlari bilan ommaning e’tiborini tortdi.

Moda mutaxassislari bu kechani hatto “Fashion Olympics” yani moda olimpiyadasi deb ham atashmoqda. 2026-yilgi “Oskar” marosimida eng ko‘p e’tiborni qozongan obrazlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Emma Stoun minimalizm va nafislik uyg‘unligini namoyish etdi

Eng ko‘p muhokama qilingan obrazlardan biri Emma Stounniki bo‘ldi. Aktrisa qizil gilamda Louis Vuitton tomonidan yaratilgan oq rangli ko‘ylakda paydo bo‘ldi. Bu ko‘ylakni tayyorlash uchun yuzlab soat qo‘l mehnati sarflangani aytilmoqda. Moda tanqidchilari ushbu obrazni “soda, lekin juda elegant” deb baholashdi.

Nikol Kidman klassik glamur obrazida

Mashhur aktrisa Nikol Kidman ham bu yilgi marosimning eng ko‘p muhokama qilingan obrazlardan biriga aylandi. U qizil gilamda Chanel brendiga tegishli och pushti rangdagi payetkali va patlar bilan bezatilgan ko‘ylakda chiqdi.

Demi Mur dramatik va jasur uslub obrazda

Demi Mur qizil gilamda juda dramatik obraz bilan chiqdi. Aktrisa Gucci tomonidan tikilgan yashil rangli, patlar bilan bezatilgan ko‘ylakni tanladi. Ushbu obraz kuchli sahna ko‘rinishi va yorqin ranglari bilan marosimdagi eng esda qoladigan liboslardan biri sifatida baholandi.

Cheyz Infiniti obrazi – yangi avlod yulduzi

Yosh aktrisa Cheyz Infiniti ham qizil gilamda katta taasurot qoldirdi. U Louis Vuistton tomonidan maxsus tikilgan lavanda rangli ko‘ylakda ko‘rinish berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu libosni tayyorlash uchun taxminan 750 soat vaqt sarflangan.

Tayana Teylor Jasur moda obrazida

Xonanda va aktrisa Tayana Teylor ham qizil gilamda e’tiborni tortdi. U Chanel tomonidan yaratilgan patli va kristallar bilan bezatilgan libosni tanladi.

El Fanning ertaklardagi malika obrazida

Aktrisa El Faning esa haqiqiy ertak malikasi obrazida ko‘rindi. U Givenchy brendining katta ball uslubidagi oq libosni tanladi. Ko‘ylakdagi nafis detallar va klassik siluet aktrisaning obrazini qizil gilamdagi eng romantik ko‘rinishlardan biriga aylantirdi. 

Enn Xeteuey klassik glamur

Anne Xeteuey gulli naqshlar bilan bezatilgan Valentino mermaid uslubidagi ko‘ylakni tanladi. Libos tanaga yopishgan silueti bilan klassik glamurni eslatadi. Aktrisa obrazini uzun qora qo‘lqoplar va Bvlgari’ning yirik olmosli marjoni bilan to‘ldirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...