“Muzyurak 3”da Anna va Kristoffni to‘yi bo‘ladimi?

Share post:

“Muzyurak 3” atrofidagi qiziqarli yangiliklar paydi bo‘ldi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, filmda Anna va Kristoff to‘yi muhim syujetga aylanishi mumkin. Ma’lumki, “Muzyurak 2” yakunida Kristoff Annaga turmush qurishni taklif qilgan edi. Shu sababli muxlislar uzoq vaqtdan beri ularning to‘yi yangi filmda ko‘rsatilishi kutilmoqda.

Disney platformasida chiqqan “Disney+insider: World of Frozen” hujjatli filmida bu taxminlar deyarli tasdiqlangandek bo‘ldi.

Film rejissyori Jennifer Li Anna obrazidagi aktrisaga to‘y rejalari haqida hazilomuz savol berganida, u bu yangilikni tasdiqlovchi javob qaytargan edi. Demak Trent Korri bilan bo‘lgan suhbatda Anna Arendalledagi bayramlar haqida gapirib, Olaf va Kristoff katta syurpriz tayyorlaganini aytadi. Bu esa to‘y voqealari film markazida bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Filmda Arendelledagi “Qor gullar festivali” ham muhim o‘rin egallashi kutilmoqda. Kristoff va Olaf tayyorlayotgan syurpriz aynan shu bayram bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu esa filmda yangi mojarolar va kutilmagan burilishlarni yuzaga keltirishi ehtimolini oshiradi.

“Muzyurak 3” filmining premyerasi 2027-yil 24-noyabr kuniga rejalashtirilgan. Avvalgi ikki filmning ulkan muvaffaqiyati 1,3 mlrd va 1,45 mlrd dollar daromadni hisobga olsak, yangi qism ham Disney uchun katta loyiha bo‘lishi aniq

“Muzyurak 3” hali chiqmagan bo‘lasa-da, Anna va Kristoff to‘yi haqidagi yangiliklar muxlislar qiziqishini yanada oshirdi. Agar bu voqea filmda bo‘lsa, u seryaning eng esda qolarli sahnalaridan biriga aylanishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...