«Garri Potter» filmlarida Voldemort obrazini gavdalantirgan aktyor Ralf Fayns HBO tomonidan suratga olinayotgan yangi serialda uşbu rolni Robert Pattinson ijro etişi mumkinligini hazil tariqasida aytdi.
16-noyabr kuni Nyu-Yorkda bölib ötgan «The Hunger Games: Sunrise on the Reaping» («Oçlik öyinlari: Örim tongi») filmi premyerasida Faynsdan Voldemort roliga qaytiş ehtimoli haqida söraşdi.
«Yöq, menimça, bu rolni yetarliça ijro etdim. Balki uni Robert Pattinsonga taklif qilişar», — dedi aktyor Associated Press muxbiriga.
Qiziği, Robert Pattinson 2005-yilda ekranlarga çiqqan «Garri Potter va olov kubogi» filmida Sedrik Diggori obrazini gavdalantirgan. Aynan şu filmda uning qahramoni Voldemortning buyruği bilan öldiriladi.
Hozirça HBO yangi serialda Voldemort rolini kim ijro etişini rasman e’lon qilmagan. Faynsning taklifi esa hazil tariqasida bildirilgan.

