24 yildan so‘ng “Lilo va Stich” olamiga yangi qahramon qo‘shildi

Share post:

Disney animatsiya studiyasi 2002-yilda ekranlarga chiqqan mashhur “Lilo va Stich” multfilmi asosida “Lilo va Skretch” nomli yangi qisqa metrajli animatsion film yaratdi.

Olti daqiqalik multfilmda Lilo uyiga Skretch ismli yoqimtoy mushukchani olib keladi va uni Stichning qaramog‘ida qoldiradi. Biroq mushukcha ko‘rinishidan begunoh bo‘lsa-da, aslida Stichdan qolishmaydigan darajada sho‘x va vayronkor bo‘lib chiqadi. Natijada ikki qahramon o‘rtasida kulgili voqealar boshlanadi.

Film rejissyorlari Malkon Pirs va Fon Virasuntorn bo‘lib, ijodkorlar unda an’anaviy 2D hamda zamonaviy 3D animatsiya texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan. Ayrim fonlar qo‘lda akvarel uslubida chizilgan, qahramonlar esa uch o‘lchamli grafika yordamida yaratilgan.

Bu Disney animatsiya studiyasi tomonidan “Lilo va Stich” olamida 2002-yildan buyon yaratilgan ilk loyiha hamda studiyaning so‘nggi besh yildagi birinchi qisqa metrajli filmidir.

«Lilo va Skretch» 25-noyabr kuni Disney’ning “Hexed” (“Sehrlangan”) animatsion filmi namoyishidan oldin katta ekranlarda namoyish etiladi.

Manba: Variety

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Pixar yangi “Gatto” multfilmining treylerini taqdim etdi

Pixar animatsiya studiyasi “Gatto” nomli yangi multfilmining rasmiy treylerini e’lon qildi. Animatsion film 2027-yil 5-mart kuni kinoteatrlarda namoyish...

O‘monda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi

12–13-noyabr kunlari O‘mon Sultonligining Maskat shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari tashkil etildi. Ikki kunlik tadbirlar davomida o‘zbek milliy san’ati,...

“Emili Parijda” serialining oltinchi mavsumi tizeri e’lon qilindi

Netflix platformasi mashhur “Emili Parijda” serialining oltinchi mavsumi uchun ilk tizer taqdim etdi. Serialning yangi va final mavsumi...

Kanye Uest AQSH rep tarixiga kirdi

Amerikalik reper Kanye Uest AQSHda eng ko‘p tomoshabin qatnashgan rep-konsert bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. Uning Texas shtatidagi AT&T...