“Muhtasham yuz yil” qanday yaratilgan? 8 qismli hujjatli film haqida

Share post:

Millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan «Muhtasham yuz yil» serialining qanday yaratilgani, aktyorlar tanlovi va suratga olish jarayonidagi qiyinchiliklar haqida 8 qismli hujjatli film ishlangan.

2011–2014-yillarda namoyish etilgan «Muhtasham yuz yil» (Muhteşem Yüzyıl) seriali Sulton Sulaymon va Xurram Sultonning hayoti haqida hikoya qiladi. To‘rt mavsum va 139 qismdan iborat serial bugungacha muxlislar xotirasida saqlanib qolgan.

Ammo ko‘pchilik «Muhtasham yuz yil. Sirli dunyo» (Muhteşem Yüzyıl: Gizli Dünya) nomli hujjatli film mavjudligini bilmasligi mumkin.

Filmda jangovar sahnalarni suratga olishdagi qiyinchiliklar, aktyorlar tanlovi va XVI asrdagi Topkapi saroyini qayta yaratish jarayoni ko‘rsatilgan. Serial uchun 5 ming kvadrat metr maydonni egallagan maxsus pavilyon qurilgan.

Hurram roliga aktrisa qanday topilgan?

Hujjatli filmning eng qiziqarli qismlaridan biri Hurram Sulton roliga aktrisa izlash jarayonidir. Ijodiy guruh Turkiya, Rossiya, Ruminiya va boshqa mamlakatlardan nomzodlarni ko‘rib chiqqan, ammo mos ijrochini topa olmagan.

Suratga olish boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida prodyuser Temur Savji Germaniyada Maryam Uzerlini kashf etgan. Aktrisa suratga olish ishlariga atigi 10 kun qolganida Xurram roliga tasdiqlangan.

Serial ssenariynavisi Meral Okay esa ayrim voqealarning tarixiy haqiqatdan farq qilishini izohlab, loyiha to‘liq tarixiy asar emas, balki tarixiy elementlarga asoslangan badiiy hikoya ekanini ta’kidlagan.

«Muhtasham yuz yil. Sirli dunyo» hujjatli filmi muxlislarga sevimli serialining ekran ortidagi noma’lum jihatlarini kashf etish imkonini beradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Robert Pattinson «Odisseya»dagi qahramonini Jeykob Blekka o‘xshatdi

Gollivud aktyori Robert Pattinson Kristofer Nolanning "Odisseya" filmidagi Antinoy obrazini "Sumerki" ("Shafaq") filmidagi Jeykob Blek bilan taqqosladi.Aktyor MTV...

24 yildan so‘ng “Lilo va Stich” olamiga yangi qahramon qo‘shildi

Disney animatsiya studiyasi 2002-yilda ekranlarga chiqqan mashhur “Lilo va Stich” multfilmi asosida “Lilo va Skretch” nomli yangi qisqa...

Pixar yangi “Gatto” multfilmining treylerini taqdim etdi

Pixar animatsiya studiyasi “Gatto” nomli yangi multfilmining rasmiy treylerini e’lon qildi. Animatsion film 2027-yil 5-mart kuni kinoteatrlarda namoyish...

O‘monda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi

12–13-noyabr kunlari O‘mon Sultonligining Maskat shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari tashkil etildi. Ikki kunlik tadbirlar davomida o‘zbek milliy san’ati,...