Gollivud aktyori Robert Pattinson Kristofer Nolanning «Odisseya» filmidagi Antinoy obrazini «Sumerki» («Shafaq») filmidagi Jeykob Blek bilan taqqosladi.
Aktyor MTV UK nashriga bergan intervyusida yangi filmidagi qahramonini ijro etgan Jeykob Blekka o‘xshatgan. Qizig‘i, «Sumerki»da Pattinsonning o‘zi Edvard Kallen rolini ijro etib, Jeykobning muhabbatdagi raqibi bo‘lgan.
«Odisseya»da esa Pattinson Penelopaga uylanish va uning eri Odisseyning taxtini egallashga intiladigan Antinoy obrazini gavdalantiradi.
Aktyor hazil tariqasida o‘z qahramonini Penelopaga ikki erkak o‘rtasida tanlov qilishga yordam berayotgan inson sifatida tasvirlagan.
Pattinsonning fikricha, voqealarga boshqa nuqtayi nazardan qaralsa, hatto salbiy qahramon ham tomoshabinlarning mehrini qozonishi mumkin.

