Amerikalik xonanda Beyonse «Gremmi» tarixida 100 ta nominatsiyaga ega bölgan ilk san’atkorga aylandi. Uning «MORNING DEW (DONK)» qöşiği 2027-yilgi mukofotning «Eng yaxşi yakkaxon R&B ijrosi» nominatsiyasidan örin oldi.
2026-yil 16-noyabr kuni 69-«Gremmi» mukofotiga nomzodlar röyxati e’lon qilindi. Beyonse navbatdagi nominatsiyasi bilan faoliyatidagi nomzodliklar sonini 100 taga yetkazib, mukofot tarixida yangi rekord örnatdi.
E’tiborlisi, «MORNING DEW (DONK)» qöşiği xonandaning avvalgi ijodiy davriga mansub bölib, 2026-yil iyul oyida «B’Day» albomining 20 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan.
Beyonse ayni paytda «Gremmi» tarixidagi eng köp mukofot olgan san’atkor ham hisoblanadi. Uning hisobida 35 ta haykalça mavjud. Xonanda 2023-yilda dirijyor Georg Soltining rekordini yangilagan, 2025-yilda esa «Cowboy Carter» albomi bilan ilk bor «Yil albomi» mukofotini qölga kiritgan.
Ma’lumot uçun, Beyonse ilk «Gremmi» nominatsiyasini 2000-yilda «Destiny’s Çild» guruhi tarkibida olgan.
69-«Gremmi» mukofotlarini topşiriş marosimi 2027-yil 7-fevral kuni Los-Anjelesdagi «Crypto.com Arena» majmuasida bölib ötadi.

