AQSHning ikki mashhur teleshousi O‘zbekistonda suratga olinadi

Share post:

Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan “American Film Market” (AFM) xalqaro kino bozori doirasida O‘zbekiston va AQSH media kompaniyalari o‘rtasida qator kelishuvlarga erishildi. Muzokaralar natijasida Amerikaning mashhur ko‘ngilochar va ilmiy-ma’rifiy teleloyihalarini O‘zbekistonda suratga olish, shuningdek, mahalliy kino mahsulotlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish imkoniyatlari kengaymoqda.

Kelishuvlarning eng e’tiborlisi CBS telekanalining mashhur “The Amazing Race” realiti-shousi bilan bog‘liq. 15 karra “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan ushbu loyihaning Amerika versiyasini 2027-yilda O‘zbekistonda suratga olish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

“The Amazing Race” — ishtirokchilar dunyoning turli mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilib, murakkab topshiriqlarni bajaradigan sarguzasht va musobaqa janridagi realiti-shou. Dastur davomida tomoshabinlar nafaqat ishtirokchilarning bellashuvlarini, balki ular tashrif buyurgan mamlakatlarning madaniyati, tarixiy obidalari va turmush tarzi bilan ham tanishadi.

Bundan tashqari, Discovery telekanalida namoyish etiladigan “Expedition Unknown” loyihasi ham O‘zbekistonda suratga olinishi ko‘zda tutilgan. Tarixiy sirlar, qadimiy sivilizatsiyalar va arxeologik kashfiyotlarga bag‘ishlangan mazkur dastur dunyoning turli hududlaridagi tarixiy jumboqlarni o‘rganishga qaratilgan.

Xalqaro kino bozori doirasida mahalliy kino sanoati uchun ham muhim kelishuvga erishildi. Amerikaning “Cactus Tree Entertainment” distribyutorlik kompaniyasi 2027-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eng yaxshi beshta kino va televizion mahsulotni AQSH bozoriga taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Mahalliy kontent egalari bilan tegishli shartnomalarni 2027-yil 4–5-fevral kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan “Tashkent Content Market” xalqaro kontent bozori doirasida tuzish ko‘zda tutilgan.

Mazkur tadbir O‘zbekistonda ilk bor “O‘zekspomarkaz” majmuasida tashkil etiladi. Unda kino, televideniye, animatsiya, raqamli media va kontent distribyutsiyasi yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar qatnashishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AFM xalqaro kino bozorida O‘zbekiston stendi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan Turizm qo‘mitasi ko‘magida hamda “Next Field International” telekompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Muhtasham yuz yil” qanday yaratilgan? 8 qismli hujjatli film haqida

Millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan "Muhtasham yuz yil" serialining qanday yaratilgani, aktyorlar tanlovi va suratga olish jarayonidagi qiyinchiliklar...

Robert Pattinson «Odisseya»dagi qahramonini Jeykob Blekka o‘xshatdi

Gollivud aktyori Robert Pattinson Kristofer Nolanning "Odisseya" filmidagi Antinoy obrazini "Sumerki" ("Shafaq") filmidagi Jeykob Blek bilan taqqosladi.Aktyor MTV...

24 yildan so‘ng “Lilo va Stich” olamiga yangi qahramon qo‘shildi

Disney animatsiya studiyasi 2002-yilda ekranlarga chiqqan mashhur “Lilo va Stich” multfilmi asosida “Lilo va Skretch” nomli yangi qisqa...

Pixar yangi “Gatto” multfilmining treylerini taqdim etdi

Pixar animatsiya studiyasi “Gatto” nomli yangi multfilmining rasmiy treylerini e’lon qildi. Animatsion film 2027-yil 5-mart kuni kinoteatrlarda namoyish...