“Qattiqqo‘l xonim 2” filmidan Anna Vintur sahnasi olib tashlanadi

Share post:

Kino olamida eng kutilayotgan davomiy filmlardan biri “Qattiqqo‘l xonim 2” yana bir bor muhokamalar markazida. Film hali premyeraga chiqmasidan oldin ham, uning ichidagi o‘zgarishlar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Eng ko‘p gapirilayotgan yangiliklardan biri mashhur jurnalist Anna Vintur ishtirok etgan sahnaning yakuniy qismdan olib tashlangani bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u filmda qisqa, hazilomuz epizodda ko‘rinish bergan, ammo montaj jarayonida bu sahna chiqarib tashlangan. Shunga qaramay, ushbu kadrlar bonus material sifatida chiqish ehtimoli bor.

Shuningdek, Konrad Rikamora ijro etgan qo‘shni obrazi ham test namoyishlardan so‘ng bekor qilingan. Tomoshabinlar bu personaj syujetga unchalik mos kelmaganini bildirgan. Shunga qaramay film atrofidagi qiziqish pasaymadi. Aksincha, har bir o‘zgartirish muxlislar orasida yanada ko‘proq muhokama uyg‘otmoqda.

Eslatib o‘tamiz, film premyerasi 1-mayga rejalashtirilgan bo‘lib, promokampaniya doirasida Enn Xeteuey va Meril Strip ishtirokidagi tadbirlar allaqachon boshlanib ketgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...