Silvestr Stallone ishtirokidagi “Politsiyachilar” filmi asosida serial suratga olinadi

Share post:

Besh karra “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan rejissyor Jeyms Mangold o‘zining 1997-yildagi “Politsiyachilar” filmi asosida serial suratga oladi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Mangold loyihada nafaqat rejissyor, balki ssenariy hammuallifi va ijrochi prodyuser sifatida ham ishtirok etadi. So‘nggi ikki vazifani u Robert Livayn bilan bo‘lishadi. Livayn shuningdek loyiha shouranneri ham bo‘ladi. Serialni Paramount Television Studios va Miramax Television ishlab chiqarmoqda.

Loyiha g‘oyasi bundan ikki yil oldin paydo bo‘lgan. O‘shanda rejissyor Miramax rahbari Jonatan Glikman bilan studiya kutubxonasidagi filmlardan birini televideniyega moslashtirish imkoniyatini muhokama qilgan edi. Mangold o‘tgan yil sentabrida Paramount Pictures bilan shartnoma imzolaganidan keyin bu muzokaralar davom etgan.

Asl “Politsiyachilar” filmi 1997-yilda ekranlarga chiqqan. Bosh rolni Silvestr Stallone ijro etgan. U Nyu-Jersidagi kichik shaharcha sherifi rolini o‘ynagan va Nyu-Yorkdan kelgan korrupsiyalashgan politsiyachilar bilan to‘qnash keladi.

Filmda, shuningdek, Xarvi Keytel, Rey Liotta, Robert De Niro, Peter Berg, Janin Garofalo va Maykl Repaport ham suratga tushgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...