Xeyli Biber ijtimoiy tarmoqlardagi xeytlarga javob berdi

Share post:

Xeyli Biber yana bir bor ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markaziga aylandi. Bu safar esa u o‘ziga qaratilgan xeytga hazil orqali javob bergani bilan e’tiborni tortdi.

Jastin Biberning Coachella’dagi chiqishidan so‘ng internet foydalanuvchilari ommaviy tarzda Xeylidan “Uzr so‘ray” boshlashdi. Sababi muxlislar qo‘shiqchining muvaffaqiyatida uning rafiqasining ham katta hissasi borligini tan olishdi.

Ma’lumki, Jastin Biber uzoq yillardan beri ruhiy holati bilan bog‘liq qiyinchiliklarni boshdan kechirib kelmoqda. Bu jarayon ko‘pincha jamoatchilik ko‘z o‘ngida kechgan va juftlik tez-tez tanqidlarga uchragan. Ko‘pchilik hatto nima uchun Xeyli undan ajralmayotganini ham tushunmagan. Model esa bu borada o‘z pozitsiyasini aniq bildirgan “Men insonni uning  eng og‘ir paytida tashlab ketishni tasavvur qila olmayman”, degan edi intrvyularidan birida.

Yaqinda esa Jastin va ularning o‘g‘li bilan tushgan suratlarini ulashib, quyidagicha yozdi: “Hech kim  bu darajaga yetib kelish uchun nimalardan o‘tganimizni bilmaydi”. Shundan so‘ng muxlislar Xeylidan uzr so‘ray boshlashdi. Ammo u bunga hazil bilan javob berdi: “Uzr so‘rashning hojati yo‘q. Psixolog allaqachon to‘langan!” Eslatib o‘tamiz, juftlik 2018-yilda unashtirilgan, 2019-yilda esa to‘y qilgan. 2024-yil avgust oyida ularning o‘g‘li – Jek Blyuz Biber dunyoga kelgan. Shunga qaramay, ularning ajrashish haqidagi mish-mishlar hamon davom etmoqda, biroq hozircha ular mustahkam juftlik sifatida ko‘rinmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...