“Qattiqqo‘l xonim 2” eng kassabop filmlar qatoriga kirdi

Share post:

Hali premyera qilinganiga ko‘p bo‘lmasdan Disney’ning  “Qattiqqo‘l xonim 2” filmi Shimoliy Amerika kinokassalarida yetakchilik qilib, premyeraning ikkinchi haftasidayoq 43 million dollar daromadga ega bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni esa Varner Brosning “O‘lim jangi 2” (Mortal Kombat II) filmi egalladi. Brosning ushbu jangari kartinasi premyeradan 40 million dollar foyda olgandi. Keyinchalik global miqyosda o‘z tushumini 63 million dollarga ko‘tardi. Biroq yetakchilikni boy berdi.

Afsonaviy Pop qiroli  Maykl Jeksonning hayot va ijod yo‘lini yorituvchi “Maykl” filmi esa, premyerasining 3-haftasida 36,5 million dollar yig‘di. Ushbu filmning global daromadi 577 million dollarga yetib, Shimoliy Amerikadagi eng kassabop va daromadli musiqiy biopikiga aylandi.

Yangi premyeralar orasida “Sheep Detective” oilaviy filmi 15,9 million dollar, Billi Aylish’ning 3D konsert filmi esa 7,5 million dollar bilan daromad qildi.

“Qattiqqo‘l xonim 2” kinokartinasi umumiy daromadini esa 433 million dollarga baholandi. Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, 2006-yili “Qattiqqo‘l xonim” filmi 326 million dollarlik foydani qo‘lga kiritgan edi. Mazkur raqamlar 20 yil oldingi premyera ko’rsatkichiga nisbatan ancha balanddir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...