Dua Lipa Samsung’ni sudga berdi

Share post:

Dua Lipa Samsung’ni televizor reklamalarida uning suratidan ruxsatsiz foydalangani uchun sudga berdi, deb yozmoqda Daily Mail.

Lipa suratlari oddiy oflayn do‘konlardagi televizor ekranlarida ham, mahsulot qutilarida ham joylashtirilgan. Xonandaning tarafining aytishicha, bu holat xaridorlarda go‘yoki artist brendni qo‘llab-quvvatlayotgani yoki reklama kampaniyasida ishtirok etayotgani haqida taassurot uyg‘otgan bo‘lishi mumkin.

Da’vo arizasida aytilishicha, Dua Lipa ushbu suratga bo‘lgan huquqlarga egalik qiladi va Samsung kompaniyasiga undan foydalanishga ruxsat bermagan. Bundan tashqari, xonandaning jamoasi ayrim muxlislar aynan uning surati tushirilgan qadoqqa e’tibor qaratganini ta’kidlamoqda. Natijada artist kompaniyadan 15 million dollar talab qilmoqda.

Huquqshunoslarning so‘zlariga ko‘ra, Dua bu vaziyat haqida 2025-yil iyunida bilgan va suratdan foydalanishni to‘xtatishni talab qilgan, biroq Samsung go‘yoki ushbu surat tushirilgan mahsulotlarni sotishda davom etgan. Da’voda shuningdek mualliflik huquqi, savdo belgisi va ommaviylik huquqining buzilgani ham qayd etilgan.

Izohlarda fikrlar ikkiga bo‘lingan: ayrimlar Dua arzimas sabab tufayli sudlashmoqda desa, boshqalar televizorlar aynan yulduz surati sabab xaridorlar uchun jozibaliroq bo‘lganiga qo‘shilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...