“Sokin hudud 3” filmining suratga olish ishlari boshlandi

Share post:

“Sokin hudud” filmi franshizasining uchinchi qismi ustida rasmiy ravishda ish boshlandi. Film rejissyori Jon Krasinski o‘z sahifasida suratga olish jarayoni boshlanganini tasdiqlovchi fotoni e’lon qildi. Unda “Part 3” yozuvi tushirilgan kinoxlopushka aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, Krasinski nafaqat rejissyor, balki dastlabki ikki filmda ham asosiy rollardan birini ijro etgan ijodkor sifatida tanilgan.
Hozircha yangi film syujeti haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Biroq aktyorlar tarkibi allaqachon ma’lum qilingan. Emili Blant, Killian Merfi, Millisent Simmonds, Noa Jup, Jek O’Konnell, Jeyson Klark va Keti M. O’Bayn kabi mashhur aktyorlar ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, “Sokin hudud” filmi so‘nggi yillardagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biri hisoblanadi. Birinchi film 2018-yilda chiqqan bo‘lib o‘zining noodatiy konsepsiyasi bilan katta shuhrat qozongan.
Uchinchi qism premyerasi 2027-yil 30-iyulga rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...