“Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” filmi ijodkorlari Toshkentda tantanali kutib olindi

Share post:

O‘zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan 17-xalqaro inklyuziv kinofestivalda eng oliy mukofot — Gran-priga munosib deb topilgan edi.

Ushbu muvaffaqiyatga erishgan ijodkorlarni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muhit bayramona kayfiyatda, ijodkorlar gul va olqishlar bilan kutib olinib, ularning yutug‘i barchaga faxr va g‘urur bag‘ishladi.

Ma’lumot o‘rnida, festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan kinoijodkorlar ishtirok etib, badiiy, qisqa metrajli va hujjatli filmlar namoyish etilgan. 2026-yilgi Kann kino mavsumi uchun 600 dan ortiq film arizalari qabul qilinib, ulardan 20 dan ortiq eng sara asarlar saralab olingan.

Saralangan filmlar orasida aynan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” hakamlar hay’ati tomonidan Gran-pri mukofotiga loyiq deb topildi.

Ijodkorlarni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov shaxsan o‘zi kutib oldi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan “Xalqaro kinofestivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmon asosan, ijodkorlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Bu yutuq o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirib, yosh ijodkorlar uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...