Munisa Rizayeva shaxsiy hayoti haqida muxlislari bilan bo‘lishdi

Share post:

Taniqli xonanda Munisa Rizayeva “Shaxsiy chegara” loyihasiga bergan  intervyusida, uning turmush o‘rtog‘i o‘zidan 10 yosh kichik ekanligini aytgan.

U  “Alloh menga Arseniyni o‘z vaqti-soatida, u menga kerak bo‘lib turgan paytda oldimga yuborgan. Men to‘ydan oldin erim bilan sevishib, gaplashib yurmaganman. Bir marta uchrashuvga chiqib, gaplashib, nima bo‘lsa bo‘ldi deb Allohga tavakkal qilganman. Sevgisiz turmushga chiqdim, sevgi-muhabbat, o‘ldim-kuydim degan narsalar umuman bo‘lmagan. Sababi o‘shanda yuragim parchalanib ketgan payt edi, boshqa hech qachon sevmayman degan edim. Sevgi men uchun birinchi o‘rinda Allohga, keyin o‘zimga. Men o‘laman kuyaman degan davrdan o‘tib ketganman, erim esa mendan 10 yosh kichik, buni hech kim bilmaydi” deya takidlab o‘tgan.

 Xonanda qaynonasi bilan o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshi ekanligini aytib, “Men ideal kelinman, o‘zimga besh baho qo‘yaman. Qaynonam doim “Men hayotimda bunday qizni ko‘rmagan edim. O‘zbek qizlari baribir boshqacha ekan. Belarusda qizlar, ayollar sovuqroq. Siz o‘zbek qizlarining tarbiyangiz, ota-onaga, oila, farzandga nisbatan muomalangiz boshqacha ekan. Hatto bunday kelinni orzu ham qilmagandim”, deydi. Men ovqat pishirishni ham yaxshi bilaman”, deydi Munisa Rizayeva.

Bundan tashqari, u farzandining asl ismi Aleks emasligini, haqiqiy ismini esa faqat oila a’zolari bilishini va oshkor qilish niyati yo‘qligini ham aytib o‘tgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...