“Uensdey” filmining bosh qahramoni yangi filmda suratga tushadi

Share post:

“Uensdey” serialining bosh qahramoni Jenna Ortega, fransuz rejissyori Leo Karaksning yangi “Lili Mey Bi” deb, nomlangan filmida bosh rolni ijro etadi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi. Filmni suratga olish ishlari 2027-yilning bahorida boshlanishi rejalashtirilgan.
Film syujeti haqida hozircha ko‘p ma’lumotlar berilmagan. Film hikoyasi markazida, o‘zida sirlarni yashirgan uch qahramon turadi. Ushbu uch qahramon o‘zligni topish yashash mumkin bo‘lgan joylarni izlab olis yo‘lga chiqishadi. Loyiha allaqachon Kann kinobozorining asosiy yangiliklari qatorida joy olgan.

 Mazkur film Karaksning yettinchi to‘liq metrajli ishi bo‘lib, uning “Annett” filmidan keyingi ilk yirik loyihasi hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, rejissyor 2021-yil Kann kinofestivalida “Annett”  filmi uchun “Eng yaxshi rejissyor” mukofotini olgan.

Ma’lumot uchun, Jenna Ortega esa “Uensdey” serialidagi roli uchun “Oltin globus” va “Emmi” mukofotlariga nomzod bo‘lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...