“Oushenning 11 do‘sti” filmi yangi yulduzlar bilan qaytmoqda

Share post:

Warner Bros. studiyasi mashhur “Oushenning 11 do‘sti” filmining voqealaridan oldingi davrni hikoya qiluvchi prikvelini suratga olmoqda. Loyiha aktyorlar tarkibi yana bir qator mashhur nomlar bilan kengaydi. Filmda Viki Krips, Jorj MakKey, Loren Ridloff va Jek Holden rol ijro etadi. Fransiyalik aktyor Omar Si esa loyiha bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq bosh rollarni Bredli Kuper va Margo Robbi ijro etishi, shuningdek, Vagner Moura, Monika Barbaro hamda Josh Get ham aktyorlar tarkibidan joy olgani ma’lum qilingan edi.
Yangi film voqealari 1963-yilda Monakoda o‘tgan Gran-pri fonida kechadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bredli Kuper va Margo Robbi “Oushenning 11 do‘sti”dagi mashhur qahramonlarning ota-onalari obrazlarini gavdalantiradi. Filmning asosiy salbiy qahramoni rolini esa Vagner Moura ijro etadi. Filmga Bredli Kuper rejissyorlik qilmoqda. U bosh rollardan birini ijro etish bilan birga, ssenariy mualliflaridan biri va prodyuser sifatida ham ishlamoqda. Margo Robbi ham filmda rol o‘ynashi bilan bir qatorda, o‘zining LuckyChap kompaniyasi orqali loyihaga prodyuserlik qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, tasvirga olish ishlari iyul oxirida Parij va Fransiyaning janubida boshlanadi. Film 2027-yil 25-iyunda kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...