MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi

Share post:

Dunyoga mashhur amerikalik YouTube blogeri MrBeast — Jimmi Donaldson O‘zbekistonga keladi. U O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi taklifiga binoan 9-oktabr kuni Toshkentda jamoatchilik dasturida ishtirok etadi. Bu blogerning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi bo‘lishi kutilmoqda.

Tadbirda ishtirok etish bepul, biroq joylar cheklangan. 18 yoshdan katta va tadbir kuni Toshkentda shaxsan qatnasha oladiganlar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Barcha talabga javob beradigan ishtirokchilar kompyuter orqali tasodifiy saralash asosida tanlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish 6-oktabr soat 12:00 dan 8-oktabr soat 12:00 gacha davom etadi. Har bir ishtirokchi faqat bir marta, o‘zining tasdiqlangan telefon raqami va amaldagi pasporti yoki ID-kartasi orqali ariza topshirishi mumkin. Tanlangan ishtirokchilar bilan ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali bog‘laniladi.

Uchrashuv interaktiv formatda tashkil etilib, unda turli o‘yinlar va MrBeast faoliyati hamda kam tanilgan faktlarga oid viktorinalar o‘tkazilishi, g‘oliblarga esa qimmatbaho sovrinlar topshirilishi rejalashtirilgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, tadbirda 200 nafar muxlis ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Hozircha tadbirning aniq manzili va vaqti ochiq e’lon qilinmagan. Tanlangan ishtirokchilarga bu ma’lumotlar alohida yuboriladi. Tashkilotchilar ro‘yxatdan o‘tish faqat rasmiy manbalar orqali amalga oshirilishini, buning uchun to‘lov, bank karta ma’lumotlari yoki akkaunt paroli talab qilinmasligini ta’kidlagan.

MrBeast o‘zining katta byudjetli videolari, ekstremal chellenjlari va yirik sovrinlari bilan tanilgan. Uning YouTube kanallariga 500 milliondan ortiq obunachi yig‘ilgan bo‘lib, u dunyodagi eng yirik kontent yaratuvchilardan biri hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

O‘zbekiston madaniyati Moskvada: san’at, hamkorlik va yangi loyihalar

Rossiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazildi. 4–5-oktyabr kunlari tashkil etilgan tadbirlar O‘zbekiston san’ati va madaniyatini Rossiya jamoatchiligiga namoyish etish,...

Oksana Samoylovaning akkauntlariga xakerlar hujum qilmoqda

Bloger Oksana Samoylova ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga bir necha kundan beri xakerlik hujumlari uyushtirilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra,...

“Betmen-2” filmini suratga olish ishlari vaqtincha to‘xtatildi

Warner Bros. va DC Studios “Betmen-2” filmining suratga olish ishlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bunga film rejissyori Mett Rivzning oilaviy...

“Homay” xiti ijrochisi Adel Shayxitdinova turmushga chiqdi

“Homay” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Adel Shayxitdinova Aleksey Xayrov bilan turmush qurdi. Juftlik 3-oktyabr kuni Ufadagi FHDYO bo‘limida...