J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Share post:

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury Publishing tomonidan chop etiladi.

Kitoblar “Pocket Potters” turkumining bir qismi bo‘lib, unda mashhur qahramonlar, ularning hikoyalari, iqtiboslari va qiziqarli faktlari haqida ma’lumot beriladi.

Yangi kitoblardan biri professor Minerva Makgonagallga, ikkinchisi esa Fred va Jorj Uizli egizaklariga bag‘ishlanadi. Avvalgi nashrlarda Garri Potter, Ron Uizli, Germiona Greynjer, Luna Lavgud va Albus Dambldor haqida so‘z yuritilgan.

Fred va Jorj haqidagi kitobda ularning maktabdagi hazillari, yaratgan sehrli buyumlari hamda keyinchalik “Har xil sehrli zararli buyumlar” do‘konini tashkil etishigacha bo‘lgan yo‘li tasvirlanadi.

Makgonagallga bag‘ishlangan nashr esa uning sehr-jodudagi qobiliyatlari, Griffindordagi faoliyati va Garri Potter bilan munosabatlariga e’tibor qaratadi.

“Garri Potter” muxlislarini yana bir yangilik kutmoqda: HBO serialining yangi ekranlashtirilgan talqinini 25-dekabrdan namoyish eta boshlaydi. Unda Garri Potter rolini Dominik Maklaflin, Ron Uizli rolini Alaster Stout, Germiona Greynjer rolini Arabella Stanton ijro etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...

MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi

Dunyoga mashhur amerikalik YouTube blogeri MrBeast — Jimmi Donaldson O‘zbekistonga keladi. U O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi...

O‘zbekiston madaniyati Moskvada: san’at, hamkorlik va yangi loyihalar

Rossiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazildi. 4–5-oktyabr kunlari tashkil etilgan tadbirlar O‘zbekiston san’ati va madaniyatini Rossiya jamoatchiligiga namoyish etish,...

Oksana Samoylovaning akkauntlariga xakerlar hujum qilmoqda

Bloger Oksana Samoylova ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga bir necha kundan beri xakerlik hujumlari uyushtirilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra,...