Bloger Oksana Samoylova ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga bir necha kundan beri xakerlik hujumlari uyushtirilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar avval shaxsiy telefon raqamini tarqatgan, shundan keyin akkauntlarini buzishga urinishlar boshlangan.
Samoylova hujumlar elektron pochtasi va turli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qaratilganini aytdi. Bloger akkauntlari ustidan nazoratni yo‘qotishidan xavotirda.
Shuningdek, u so‘nggi vaqtlarda ruhiy jihatdan og‘ir holatda ekanini ma’lum qildi. Samoylova har kuni o‘zini yaxshi his qilayotgandek ko‘rsatishga majbur bo‘layotganini, biroq aslida ruhiy bosim ostida ekanini ta’kidladi.
Blogerning aytishicha, uni bu holatga qaramay kurashishda davom etishga undayotgan asosiy sabab — to‘rt nafar farzandi.
Oksana Samoylova yaqinda reper Jigan bilan munosabatlari va oilasidagi vaziyat haqidagi bayonotlari bilan ham ommaviy axborot vositalari e’tiborida bo‘lgan. Hozirda u sobiq turmush o‘rtog‘ining ota-onalik huquqlarini cheklash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

