“Oskar – 2027” uchun qoidalar o‘zgardimi?

Share post:

Amerika kinoakademiyasi 99-marotaba topshiriladigan Academy Awards uchun yangi qoidalarni e’lon qildi. Bu o‘zgarishlar orasida bir nechta muhim yangiliklar bor.

Birinchidan, endi aktyorlar bitta kategoriyada bir nechta nominatsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, agar ularning ikki xil roli ham eng yaxshi 5 talikka kirsa, ikkalasi ham hisobga olinadi. Avvallari esa faqat bitta roli tanlab olinardi. Yana bir muhim o‘zgarish sun’iy intellekt bilan bog‘liq. Endi aktyorlik nominatsiyalarida faqat inson tomonidan ijro etilgan rollar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ssenariylar ham inson tomonidan yozilgan bo‘lishi shart. Shu bilan birga, Akademiya filmda generativ sun’iy intellekt qanday ishlatilganini aniqlash uchun qo‘shimcha ma’lumot talab qilish huquqini saqlab qoladi.

O‘zgarishlar “Eng yaxshi xalqaro film” kategoriyasiga ham ta’sir qildi. Endi film ikki xil yo‘l bilan nomzod bo‘lishi mumkin. Avvalgidek davlat yoki hudud tomonidan tavsiya etilishi orqali yoki yirik kinofestivallarda g‘olib bo‘lish orqali. Masalan, Kann kinofestivali, Venetsiya kinofestivali, Berlin xalqaro kinofestivali, Toronto xaqaro kinofestivali, “Sandens” kinofestivali, Pusan xalqaro kinofestivali kabi nufuzli festivallarda.

Eslatib o‘tamiz, “Oskar – 2027” mukofoti 2026-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha kinoteatrlarda namoyish etilgan filmlarni qamrab oladi. Taqdirlash marosimi esa 2027-yil 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...