Kichik Robert Dauni inflyuenserlar haqida keskin fikr bildirdi

Share post:

Gollivudning eng mashhur aktyorlaridan biri kichik Robert Dauni zamonaviy mashhurlik tushunchasi va inflyuenserlar fenomeni haqida o‘z fikrlarini bildirdi. E! News xabariga ko‘ra, aktyor bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi blogerlar kino yulduzlarini mashhurlik bo‘yicha ortda qoldiradi degan fikrga qo‘shilmaydi. U podkastdagi chiqishida shunday degan: “Kimdir kelajak yulduzlari inflyuenserlar desa, men bu fikrga qo‘shilmayman. Bu men uchun to‘g‘ri emas”. Shu bilan birga Robert inflyuenserlar ta’sirini butunlay inkor etmaydi. Uning fikricha, hozirgi davrda mashhurlikka erishish ancha osonlashgan: “Ilgari mashhur bo‘lish uchun yillar kerak edi. Hozir esa odamlar oddiy telefon orqali ham tanilib ketishi mumkin”.

Biroq aktyor bu holatni salbiy emas, balki raqobatni kuchaytirgan omil sifatida ko‘radi. Uning aytishicha, inflyuenserlar “O‘ziga xos bo‘lishni yanada qiyinlashtirgan”, lekin bu kino sanoatini yo‘q qilib yubormagan.

“Temir odam” filmi yulduzi yoshlar haqida ham gapirib, ularni faqat ijtimoiy tarmoqlarga emas, balki real ijod va kasb yo‘llariga e’tibor berishga chaqirdi: “Umid qilamanki, yoshlar yaratish, qurish va rivojlanish yo‘lini tanlaydi,”  dedi u.

Eslatib o‘tamiz, kichik Robert Dauni 2008-yilda “Temir odam” filmi orqali dunyo miqyosida shuhrat qozongan va Marvel kino olamining eng asosiy aktyorlaridan biriga aylangan. U 2024-yilda Oppengeymer filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

2026-yilda esa u Marvel olamiga qaytib, “Qasoskorlar: qiyomat kuni” filmida yangi obraz Doktor Dum rolini ijro etishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...