“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk namoyishdayoq rekord o‘rnatdi

Share post:

 
Tom Holland bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi prokatni rekord natija bilan boshladi. Film ilk namoyishlar davomida 72 million dollar yig‘ib, shu paytgacha ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lgan “Qasoskorlar: Intiho” rekordini ortda qoldirdi.
Avvalgi rekord 60 million dollar bilan “Qasoskorlar: Intiho” filmiga tegishli edi. Endi esa “O‘rgimchak odam: Yangi kun” tarixdagi eng katta preview (ilk namoyish) daromadini qayd etgan filmga aylandi.
Mutaxassislar film ilk dam olish kunlarida 260-280 million dollar ishlab topishini taxmin qilmoqda. Ayrim prognozlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 300 million dollardan ham oshishi mumkin.
Film voqealari “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmidan to‘rt yil o‘tib sodir bo‘ladi. Butun dunyo Piter Parkerning O‘rgimchak odam ekanini unutgan, u esa sevgilisi MJ va eng yaqin do‘sti Nedsiz bilan yolg‘iz qoladi. Bu safar unga Seydi Sink gavdalantirgan sirli yangi yovuz qahramon qarshi chiqadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...