Turkiyalik xonanda Serdar Ortach o‘z vasiyati haqida gapirib, mol-mulkini kimga qoldirishini ma’lum qildi.
Xonanda marhum aktyor Kadir Inanirning vasiyatidan o‘rnak olganini aytdi. U Istanbulning Istinye hududida joylashgan sakkiz xonali katta hovlisi hamda boshqa barcha mol-mulkini yonida ishlaydigan xodimlari va vafot etgan akasining farzandlariga qoldirishini bildirdi.
“Farzandim yo‘q. Merosimni xodimlarimga vasiyat qilaman. Baribir bitta uy bor, uni ham ular bo‘lib olishadi”, — deydi xonanda.

