Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

Share post:

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan film Amir Temurning bolalik yillari, uning shakllanish davri va kelajakda buyuk sarkarda sifatida voyaga yetishi haqida hikoya qiladi.

Loyihani Madaniyat vazirligi maslahatchisi Rauf Nabiyev hamda “Raqamli San’at” ijodiy birlashmasi jamoasi amalga oshirgan.

Filmning xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyatidan so‘ng “AI Film Awards” tashkilotchilari festivalning navbatdagi global anjumanini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan. Hozirda Madaniyat vazirligi va “Raqamli San’at” ijodiy birlashmasi festivalni kelasi yili Toshkentda tashkil etish masalasini muhokama qilmoqda.

Agar kelishuv amalga oshsa, dunyoning turli mamlakatlaridan raqamli san’at va sun’iy intellekt yo‘nalishida ijod qiluvchi mutaxassislar Toshkentda jamlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....

Serdar Ortach merosini kimga qoldiradi?

Turkiyalik xonanda Serdar Ortach o‘z vasiyati haqida gapirib, mol-mulkini kimga qoldirishini ma’lum qildi. Xonanda marhum aktyor Kadir Inanirning vasiyatidan...