Uels malikasi Keyt Middlton Tatler jurnali talqiniga ko‘ra, yana Britaniyaning eng zamonaviy ayoli deb topildi. Shu tariqa u 2022-yildan keyin yana reytingning birinchi pog‘onasiga qaytdi.
Nashr Keytning qirollik tadbirlaridagi nafis va did bilan tanlangan obrazlarini alohida e’tirof etdi. 2024-yilda bu unvonni malika Beatris, 2025-yilda esa ledi Lola Byut va Jazzi de Lisser qo‘lga kiritgan edi.
2024-yilda saraton kasalligi sabab jamoatchilik oldida kam ko‘ringan Keyt 2025-yil boshida remissiya bosqichiga o‘tganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng u yana qirollik vazifalarini faol bajara boshladi.
2026-yildagi eng e’tiborli obrazlaridan biri Nigeriya delegatsiyasi sharafiga o‘tkazilgan davlat qabulida namoyon bo‘ldi. O‘shanda u Andrew Gn libosi va qirolicha Mariyaga tegishli mashhur Lover’s Knot tojini taqib chiqqan edi.

