Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming platformasida chiqadi.
Kartina uch xil davrda yashagan uch erkakning o‘zaro bog‘liq hikoyalarini hikoya qiladi. Ularning taqdirida istak, iztirob, jinsiylik va meros mavzulari kesishadi.
“Qora shar” Federiko Garsiya Lorkaning tugallanmagan pyesasi hamda Alberto Koneyeroning “La piedra oscura” spektakli asosida yaratilgan. Film rejissyorlari — Xavyer Kalvo va Xavyer Ambrossi.
Kartina ilk bor Kann kinofestivalida namoyish etilib, ijodkorlarga 20 daqiqa davomida olqishlar bildirilgan. Filmda Penelopa Kruz va Glenn Klouzdan tashqari ispaniyalik musiqachi Guitarrikadelafuente hamda Migel Bernardo ishtirok etgan.

