Nega Kallum Tyorner va Jeykob Elordi yangi “Jeyms Bond” filmida rol o‘ynamaydi

Share post:

Internetda yangi Jeyms Bond rolini kim ijro etishi haqidagi taxminlar hamon tinmayapti. Avvalroq asosiy nomzodlar sifatida Kallum Tyorner va Jeykob Elordi tilga olingan edi, biroq tomoshabinlar ularning hech birini ekranda ko‘rmasligi ehtimoli yuqori. Bu haqda Bond filmlari franshizasining sobiq kasting direktori Debbi MakUilyams “Variety” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning fikricha, Jeykob Elordi va Kallum Tyorner kabi mashhur aktyorlar ommaga haddan tashqari yaxshi tanish bo‘lib qolgan. Bu esa maxfiy agent obraziga xos sirli muhitni yo‘qqa chiqaradi.

Debbi MakUilyams Bond filmlari ustida 40 yil ishlagan. U franshizadagi faoliyatini “Faqat sizning ko‘zlaringiz uchun” filmi bilan boshlagan va “O‘lishga vaqt emas” filmi bilan yakunlagan. Shu yillar davomida u Timoti Dalton, Pirs Brosnan va Deniel Kreygning Bond roliga tanlanishi uchun mas’ul bo‘lgan. MakUilyams o‘z fikrini studiya Amazon MGM yangi Bond ijrochisini izlayotgan bir paytda bildirdi. Uning aytishicha, bugungi kunda tomoshabinlar orasida mashhur bo‘lgan aktyorlar uning tasavvuridagi Agent 007 obraziga mos kelmaydi.

“Men ularning hech birini Jeyms Bond rolida ko‘rishni istamayman, chunki biz ular haqida juda ko‘p narsani bilamiz. Biz aktyorning shaxsiy hayoti haqida imkon qadar kamroq bilishimiz kerak, chunki haqiqiy josuslar ham shunday bo‘ladi. Uning qayerdan xarid qilishi, ota-onasi kimligi yoki qayerda yashashi bizga kerak emas”, – dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Bond obrazining eng muhim jihati — uning mutlaq sirli bo‘lishi va tomoshabinning bu qahramon haqiqatan ham kerak bo‘lsa odam o‘ldira oladigan agent ekaniga ishonishidir. MakUilyams avvalgi Bond ijrochilarini eslab, Timoti Dalton va Pirs Brosnan o‘sha paytda keng ommaga unchalik mashhur bo‘lmaganini, Deniel Kreyg esa asosan mustaqil filmlarda suratga tushganini va hali dunyoga mashhur yulduz emasligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu omil Bond obrazini yaratishda juda katta yordam bergan.

“Men mutlaqo kutilmagan, deyarli hech kim tanimaydigan aktyorni ko‘rishni istayman”, — deya xulosa qildi Debbi MakUilyams. Eslatib o‘tamiz, yangi Jeyms Bond uchun kasting jarayoniga Nina Gold rahbarlik qiladi. Asosiy nomzodlar qatorida Aaron Teylor-Jonson, Jeykob Elordi va Kallum Tyorner bor. Shuningdek, ilgari kastingdan muvaffaqiyatli o‘tgan Tom Frensis ham mashhur aktyorlar uchun jiddiy raqobatchi hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Film uchun o‘rgangan tibbiy bilimlarim bir inson hayotini saqlab qolishimga yordam berdi — Emi Adams

Gollivud aktrisasi Emi Adams bir vaqtlar pichoqdan og‘ir jarohat olgan erkakning hayotini saqlab qolganini ma’lum qildi. Bu haqda...

O‘zbek milliy akademik drama teatrini kapital ta’mirlash1 mlrd 870 mln so‘mga tushadi

Toshkent shahridagi O‘zbek milliy akademik drama teatri binosi kapital ta’mirdan chiqariladi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning 25-iyundagi...

Sud Bred Pitt foydasiga qaror chiqardi

Bred Pittning vinochilik biznesi bo‘yicha Anjelina Joli bilan sud ishida aktyor kichik g‘alabaga erishdi. Bu haqda People nashri...

“Lilo va Stich” haqida yangi loyiha e’lon qilindi

Mashhur “Lilo va Stich” franshizasi kengayishda davom etmoqda. Filmning ikkinchi qismi ustida ishlar olib borilayotgan bir paytda, ijodkorlar...