Gollivud aktrisasi Emi Adams bir vaqtlar pichoqdan og‘ir jarohat olgan erkakning hayotini saqlab qolganini ma’lum qildi. Bu haqda u podkastlardan birida so‘zlab bergan. Aktrisaning aytishicha, voqea Santa-Monikada eri va do‘stlari bilan restorandan qaytayotganida sodir bo‘lgan. Ular bo‘ynidan pichoqlangan erkakka duch kelishgan va shifokorlar yetib kelguniga qadar birinchi yordam ko‘rsatishga qaror qilishgan. Emi Adams sarosimaga tushmay, qon ketishini to‘xtatish uchun jarohatni plyaj sochiqlari bilan bosgan hamda jabrlanuvchini qimirlamaslikka undagan. “Qancha ko‘p harakat qilsangiz, qon shuncha tez oqadi.

Shunchaki yoting”, — deb voqeani eslagan aktrisa. Adamsning ta’kidlashicha, bu vaziyatda unga 2004-yilda suratga olingan “Doktor Vegas” serialida hamshira Elis Doerti rolini ijro etish jarayonida olgan boshlang‘ich tibbiy bilimlari yordam bergan. Aktrisaning aytishicha, oradan bir yil o‘tib, u tasodifan o‘sha erkak bilan yana uchrashgan. Jabrlanuvchi shaxsan minnatdorlik bildirib, ko‘zlariga yosh olgan. Hozirda Emi Adams yangi loyihalar ustida ishlamoqda.

