Jon Galyano Met Gala 2027 ko‘rgazmasidan voz kechdi

Share post:

Mashhur dizayner Jon Galyano ijodiga bag‘ishlanishi rejalashtirilgan Met Gala 2027 ko‘rgazmasini o‘tkazmaslikka qaror qildi. Dizayner bu haqdagi bayonotini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

31-iyul kuni 2027-yilgi ko‘rgazma mavzusi “John Galliano: Horizons” (“Jon Galyano: Ufq”) deb nomlangani ma’lum qilingan edi. Biroq loyiha e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, dizaynerning o‘tmishdagi bayonotlari sabab jamoatchilikning keskin noroziligiga duch keldi. Mojaro ortidan Met Gala’ning an’anaviy o‘tkazilish sanasini o‘zgartirish ehtimoli ham muhokama qilingan edi.

“Uzoq o‘ylab, barcha ishtirokchilar bilan fikr almashganimdan so‘ng, katta afsus bilan ko‘rgazma o‘tkazilmagani ma’qul degan qarorga keldim”, — deb yozdi Galyano.

Shuningdek, dizayner Metropolitan muzeyini qiyin vaziyatga qo‘yishni istamasligini va o‘tmishda bildirgan ayrim fikrlari uchun pushaymonligini ta’kidladi. Shu bilan birga, unga bunday imkoniyat berilgani va ijodiy faoliyati e’tirof etilganidan minnatdor ekanini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Noa Jup yangi “Qasoskorlar” filmida muhim rol ijro etishi mumkin

Noa Jup Marvel’ning navbatdagi “Qasoskorlar” filmi — “Qasoskorlar: Maxfiy urushlar” (“Avengers: Secret Wars”) aktyorlar tarkibiga qo‘shildi. Bu haqda...

“Do‘stlar” sitkomi yulduzi Metyu Perri haqida hujjatli serial suratga olinadi

Netflix “Metyu Perri tarixi” nomli uch qismli hujjatli serialni taqdim etadi. The Hollywood Reporter xabariga ko‘ra, loyihaga Mari...

Met Gala 2027 sanasi mojaro sabab ko‘chirilishi mumkin

Met Gala 2027 sanasi o‘zgarishi mumkin. Bunga tadbir doirasida britaniyalik dizayner Jon Galyanoga bag‘ishlangan “John Galliano: Horizons” ...

Tom Holland kino tarixidagi kuchli uchlikdan joy oldi

Tom Holland kino tarixidagi eng kassabop aktyorlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi. Aktyor ishtirokidagi filmlarning umumiy kassasi 15,2 milliard...